No Image Available

Sog‘liqni saqlash sohasida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta‘minlashning huquqiy jihatlari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 5-son  Muallif: Yusupova Faringiz O‘ktam qizi  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.10.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: axborot xavfsizligielektron sog‘liqma’lumotlar xavfsizligi qonunchiligima’lumotlarning noqonuniy ishlatilishimaxfiy ma’lumotlarni himoyalashshaxsiy ma’lumotlar xavfsizligisog‘liqni saqlash huquqitibbiy ma’lumotlar xavfsizligitibbiy maxfiylik |  Download
 Tasnif:

Axborot va telekommunikasiya texnologiyalari sog‘liqni saqlash sohasiga tatbiq etilganidan buyon ushbu jarayon bilan bog‘liq tibbiy xizmatlarga talab o‘smoqda, tizim esa rivojlanishda davom etmoqda. Mazkur maqolada shaxsiy ma’lumotlar, ayniqsa, bemorlarning tibbiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari o‘rganildi. Tadqiqot davomida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro huquqiy me’yorlar tahlil qilindi, ularni sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llash xususiyatlari ochib berildi. Bundan tashqari, tibbiy ma’lumotlar bilan ishlashda maxfiylik va axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlar va mutaxassislarning majburiyatlari, bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash hamda ularni noqonuniy ishlatilishdan himoyalash bo‘yicha javobgarlik masalalari yoritildi. Maqolada tibbiyot sohasida shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligiga doir xalqaro huquqiy tajribalarning milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek, raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy usullari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida sog‘liqni saqlash tizimida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author

Yusupova Faringiz O‘ktam qizi

ORCID: 0000-0002-8202-2160

Read More

 Orqaga