No Image Available

Oliy tа’lim sohаsidа korrupsiyaviy huquqbuzаrlik shаkllаri, tаsnifi vа o‘zigа xos xususiyatlаri

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2021-yil 4-son  Muallif: Qo‘chqorov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li  Soha: 12.00.12 - Korrupsiya muammolari  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.11.2021  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: korrupsiyaviy huquqbuzarlikkorrupsiyaviy huquqbuzarlik shakllarinazariy tushunchalaroliy ta’limtasnifixususiyatlari | More Details  Download
 Tasnif:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliyhuquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda. Davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan barcha islohotlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi jadal faoliyat olib borish orqali mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy davlat boshqaruvi rivojlanayotgan va xususiy sektorda kasb turlari shiddat bilan ko‘payayotgan bir vaziyatda malakali kadrlarga bo‘lgan talabning ortishi va ijobiy natijalarga erishishda yetuk kadrlar xizmatidan foydalanish hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarbligini oshirmoqda. Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ilmiy adabiyotlar yetishmasligi va ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli sohadagi korrupsiya bilan bog‘liq nazariy tushunchalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Maqolada oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik “shakllari”, “tasnifi” va o‘ziga xos “xususiyatlari” tushunchalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, ushbu tushunchalarga ta’riflar berilgan.

Other Books From - 12.00.12 - Korrupsiya muammolari

About the author


 Orqaga