Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tugatishning ayrim tashkiliy-huquqiy masalalari
Mazkur maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tushunchasi, turlari, maqsadi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etilgan. Nodavlat notijorat tashkilotni ixtiyoriy tugatish amalda unga ehtiyoj qolmaganda amalga oshiriladi. Bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotning yuqori organi ham amalda mavjud boʻlmaydi. Bundan tashqari, qonun hujjatlarida tugatish balansining namunaviy shakli ham mavjud emas. Nodavlat notijorat tashkilotni tugatishda kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (aʼzolari), shuningdek, rahbar organlar aʼzolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida taqsimlanmasligi lozim. Nodavlat notijorat tashkilotining aʼzolari yoki rahbar organi aʼzolari tomonidan mol-mulkning oʻzlashtirilishi tashkilotga qoʻyilgan ustav, maqsad va vazifalarning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, daromad (foyda) olish oʻz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanmaydi va olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaslik qoidasiga mazkur tashkilotni tugatish jarayonida ham amal qilish maqsadga muvofiq. Bu borada yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari, xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Ulugbekov Bahodir Abdasovich
Korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik-huquqiy muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yusupov O‘ktamboy Absamadovich
Xalqaro xususiy huquqda erk muxtoriyati (Party autonomy) prinsipi va uning cheklovchi xususiyatlari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizi
Aqlli shaharlar, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Abduvaliyev Boxadir Abdulhayevich
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Raximova Dilorom Xaitbayevna
Jahon savdo tashkiloti doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish (Oʻzbekiston misolida)
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yakubov Aybek Baxramovich
Katta raqamli ma’lumotlarni (Big Data) fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Tojiboyev Sarvar Zafarovich
MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Soliyeva Kamola Rustamjon qizi
About the author
Orqaga