
Konstitutsiya – sud protsessida taraflar tortishuvi prinsipini ro‘yobga chiqarish kafolati
Maqolada sud ishlarini yuritishda taraflar tortishuvi prinsipi tushunchasi, ahamiyati va uning mazmun-mohiyati haqidagi ilmiy qarashlar bayon etilgan. Taraflar tortishuvi prinsipini amalda ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning sabablari to‘g‘risidagi fikrlar ko‘rsatilgan. Sud-huquq islohotlarining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan sud protsesslarida tortishuvchanlik prinsipini kuchaytirish, taraflarning sud protsessidagi faolligini oshirish, ularga ish bo‘yicha dalillar to‘plash va uni sudga taqdim etish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratish uchun ushbu prinsipning asosiy qonun – Konstitutsiyada mustahkamlanishi zaruriyati xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga sudda ish yuritishning asosiy prinsiplari, xususan, sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi ta’minlanishi haqidagi norma kiritilishi taklif etilgan. Sud protsessida taraflarning o‘z vajlarini isbotlash uchun erkin holda tortisha olmasligi, o‘zlarining e’tirozlarini sudga bildirolmasligi, shuningdek, sudyaning dalillar yig‘ishga kirishishi kabi holatlar sud jarayonida sudyaning ichki ishonchiga ta’sir etuvchi ichki omillar deb baholanadi. Shu sababli sud dalillarga qonunga amal qilgan holda har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho berishi haqidagi normani ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritish taklifi bildirilgan.
Other Books From - 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura









About the author

Orqaga