Ijtimoiy tarmoqlarni huquqiy tartibga solish zarurati
Bugungi kunda dunyo aholisining 67 %, o‘zbekistonliklarning qariyb 80 % Internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda – elektron tijorat, axborot almashish va h.k. Afsuski, inson huquq va erkinliklarining buzilish holatlari ham kuzatilmoqda. Ushbu maqolada virtual munosabatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga oid xalqaro va milliy qonunchilik normalari tanqidiy tahlil qilindi. Maqolaning asosiy maqsadi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, qonunchilikni takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot usullari sifatida tanqidiy tahlil, qiyosiy-huquqiy hamda statistik ma’lumotlarni o‘rganish usullari qo‘llanildi. Tahlillarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda vujudga keladigan virtual munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Internetdan foydalanish erkinligini mustahkamlash, blogerlarning huquqiy maqomini aniqlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni faqat sud tartibida cheklash mexanizmini joriy etish zarurligi ochib berildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha xulosalar qilindi. Ushbu xulosalardan O‘zbekiston Respublikasida Internetning milliy segmenti, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, ijtimoiy tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliyotni takomillashtirishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarga nisbatan shartnomaviy-huquqiy vositalarni qo‘llashning nazariy asoslarini boyitishga imkon beradi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning fuqarolik-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Sarabekov Aʼzamjon Abdukadirovich
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishni fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Shonazarov Ulfat Ibrogim o‘g‘li
Xo‘jalik jamiyatlarida direktor majburiyatlari doirasini belgilashning qiyosiy-huquqiy tahlili
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Saidov Ibrohim Anvarovich
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallar bilan bog‘liq munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishning ayrim masalalari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Settiyeva Adolat Faxriddin qizi
Oila huquqida aliment majburiyatlarini huquqiy tartibga solinishi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Minojiddinov Abdurasul Baxodirovich
Tasvirga bo‘lgan huquqni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Koryog‘diyev Bobur Umidjon o‘g‘li
Ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Ulugbekov Bahodir Abdasovich
Korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik-huquqiy muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yusupov O‘ktamboy Absamadovich
About the author
Other Books By - Xo‘jayev Shohjahon Akmaljon o‘g‘li
Orqaga
Ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqini himoya qilishning o‘ziga xos jihatlari