No Image Available

Firibgarlik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida)

лв0
 Format: Ilmiy-amaliy metodika  Tur: Seriyasiz nashr  Muallif: Altiev Razzoq Saidovich  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 20.04.2026  Sahifalar soni: 104  Davlat: O‘zbekiston  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur metodikada Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar aks ettirilgan.

Shu bilan birga, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan.

Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

About the author

Other Books By - Altiev Razzoq Saidovich


 Orqaga