Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi
Zamonaviy axborot texnologiyalari shubhasiz ijtimoiy munosabatlarga katta ta’sir qilmoqda va buning natijasida yangidan yangi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda. Huquq fani oldida esa, ularni belgi va xususiyatlariga qarab tasniflash hamda huquqiy tartibga solish muammosi vujudga kelmoqda. Elektron tijoratning o‘sishi natijasida oldi-sotdi munosabatlari masofadan online shartnomalar tuzish orqali amalga oshirilmoqda. Elektron shartnomalar tuzishda vositachi sifatida qatnashuvchi online platformalarning huquqiy maqomi ushbu maqolada tadqiq etilgan.
Hozirgi kunda butun dunyoda axborot vositachisining huquqiy maqomi g‘animatlanuvchi va muhokamalarga sabab bo‘lib o‘tmoqda. Yevropa Ittifoqida axborot vositachilari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha direktivalar, qonunlar va boshqa hujjatlar qabul qilinmoqda. Oldimizda “Axborot vositachisi kim?”, “Axborot vositachisi sifatida online platformalarning fuqarolik huquqiy javobgarligi qanday?” degan savollarga javob topish masalasi ko‘ndalang turibdi. Ushbu maqolada axborot vositachisi, xususan online platformalarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalari keng yoritilgan.
Asosan, Yevropa Ittifoqi direktivalariga asoslanib qiyosiy tahlil metodidan foydalanib tadqiq qilingan. Online platformalarning javobgarligi yuzasidan sud amaliyotidan misollar keltirilgan va tahlil qilingan.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
About the author
Orqaga
Ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni takomillashtirish
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi