No Image Available

Davlat xaridlari tizimida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishning tashkiliy-huquqiy jihatlari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 1-son  Muallif: Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 26.03.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: davlat fuqarolik xizmatchisidavlat xaridlarijavobgarlikkorrupsiyamanfaatlar toʻqnashuviraqobatshaxsiy manfaatdorlik |  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridlari bilan bogʻliq
munosabatlaridagi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari ilmiy-nazariy va tashkiliy-huquqiy
jihatdan tahlil qilingan. Davlat fuqarolik xizmatida davlat xaridlarini samarali amalga oshirishda
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishning ijobiy jihatlari amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni
huquqiy tartibga solishdagi ahamiyati va davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona foydalanishning
dolzarbligi nuqtayi nazaridan asoslangan. Mavzu xususiyatidan kelib chiqib, tadqiqot predmeti
umumiylikdan xususiylikka tomon yondashilgan, qiyoslash, mantiqiy izchillik metodlari asosida tahlil
etilgan hamda ilm-fan, xorijiy tajriba, amaliyot va huquqiy tartibotlarga murojaat etilgan. Tadqiqot
natijalari doirasida davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, javobgarlik asoslarini
takomillashtirish, sohani raqamlashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini sohaga joriy etish, vakolatli
davlat organlari vazifa va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilingan.
Tadqiqot yakuni yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan huquqiy va mavjud amaliyotdagi
muammolarni bartaraf etish yuzasidan tashkiliy xarakterdagi takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot
yakunida davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridi bilan bogʻliq munosabatlarida korrupsion
va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq risklar juda yuqori ekanligi boʻyicha xulosalar berilib, sohaga
davlat nazorati zarur ekanligi ilmiy-huquqiy jihatdan isbotlab berilgan. Davlat xaridlari sohasida
manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha vakolatli organlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini huquqiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan
tavsiyalar berilgan.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli

ORCID: 0000-0001-9036-0277

Read More

Other Books By - Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli


 Orqaga