Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini kadrlar bilan ta’minlash mexanizmlari
Maqolada davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga kadrlarni qabul qilish mexanizmlari va tartib-taomillari tahlil etilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimi guruhlariga kadrlarni tayyorlash va tanlash usullari o‘rganilgan. Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatiga kirishning ikki xil tartibi ajratib ko‘rsatilgan. Birinchi tartibga ko‘ra, siyosiy guruhga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanadi. Ikkinchi tartibga ko‘ra, boshqaruv va mutaxassis guruhlarga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov o‘tkaziladi. O‘z navbatida, boshqaruv guruhlarga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga ichki tanlov, mutaxassis guruhlarga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tashqi tanlov o‘tkaziladi. Maqolada tanlovlarning tartib-taomillari, 2020–2022-yillarda o‘tkazilgan tanlovlarning statistik maʼlumotlari tahlil qilingan. Muallif rahbar kadrlarni shakllantirishning Milliy kadrlar zaxirasi tizimini tadqiq etgan. Milliy kadrlar zaxirasidan foydalanishning samarali mexanizmlari ilgari surilgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mahalliy sanoatni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Xusainov Sardar
O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
G‘oyibov Jo‘rabek Choriyevich
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ro‘ziyev Ahror Ikromovich
Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Avliyaqulov Sunnatulla Xolmurod o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mustanov Ilxom Abdivalijonovich
DXX chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Xolbo‘tayev Abdug‘ani Abduraximovich
INTERNETDAN FOYDALANISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Qudratillayev Jahongir Zokirjon o'g'li
OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TAʼMINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Kuatbekov Gulnar Kuatbekovna
About the author
Orqaga
Xalqaro standartlar asosida bojxona nazoratini soddalashtirishni huquqiy taʼminlash