Tasnif:

Mazkur maqolada Konstitutsiyamizning mamlakatimizda odil demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilib kelayotganligi hayotiy misollar va bir qator materiallar asosida ko‘rsatib berilgan. Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan bosib o‘tilgan tarixiy davrga atroflicha e’tibor qaratishga harakat qilingan. O‘tgan davr mobaynida bosh qomusimiz jonajon vatanimiz davlatchilik tarixining an’analari va jahon konstitutsiyaviy tajribasining eng ilg‘or jihatlari, eng maqbul prinsiplarini mujassamlashtirganligi va amalda to‘la namoyon etganligi yetarli darajada o‘rganilgan. Shuningdek, fuqarolik jamiyati haqida uni rivojlantirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyatiga hayotiy misollar yordamida tushuntirishlar berilgan. Xalqimizning jamiyatni yangilash, modernizatsiya qilish, bozor munosabatlariga bosqichmabosqich o‘tish davrida erishgan barcha yutuqlar Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquqiy asoslar doirasida amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan. Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning hayotga izchil tatbiq etilayotganligi, xususan, qonun ustuvorligi, saylov tizimi hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Maqolada Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasining asosiy prinsiplari, qoidalari hamda uning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa milliy qonunchiligimizda o‘zining chuqur ifodasini topganligi xususida ham bir qator ma’lumotlar berilgan.

 

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Аzimov Hakimali Imomovich

ORCID: 0000-0001-5331-0588

Read More

 Orqaga