Bojxona sohasidagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish ularni oʻzaro farqlash masalalari
Mazkur maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda ularni oʻzaro farqlash masalalari tadqiq etilgan. Bunda ushbu sohadagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining 130-, 1301-, 182-, 184-, 2443-, 2444-, 246- va 2501-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar oʻrtasidagi oʻzaro farqlarga eʼtibor qaratilgan. Bu borada ushbu jinoyatlarni farqlashdagi eng muhim belgi ularning bevosita obyektidir. Shuningdek, ushbu jinoyatlarni farqlashdagi yana bir muhim belgi ularning predmeti hisoblanadi. Bu borada jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida Jinoyat kodeksini “Iqtisodiy kontrabanda” deb nomlangan yangi 1821-modda bilan toʻldirish hamda unda quyidagi predmetlarni bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazish uchun javobgarlikni nazarda tutish taklif qilingan: 1) eksport va import qilinishi taqiqlangan hamda cheklangan tovarlar yoki transport vositalari; 2) qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, antidemping yoki kompensatsiya bojlari solingan va muhofaza choralari joriy etilgan tovarlar yoki transport vositalari; 3) valyuta qimmatliklari; 4) rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlari; 5) chegaradan olib o‘tilishi iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazadigan boshqa predmetlar. Bundan tashqari, maqolada bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda predmetlarni oʻtkazish bilan bogʻliq qilmishlarni ularning predmetini inobatga olgan holda nazariy jihatdan quyidagi uch turkumga, yaʼni oddiy, iqtisodiy va maxsus kontrabandaga ajratish tavsiya etilgan. Shuningdek, maqolada bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hamda bojxona toʻlovlaridan boʻyin tovlash jinoyatlarini farqlash masalasida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoni hal qilish maqsadida Jinoyat kodeksini “Bojxona toʻlovini toʻlash majburiyatini bajarmaslik” deb nomlanuvchi 1842-modda bilan toʻldirish taklif etilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarini noqonuniy tashkil etish va oʻtkazishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 - Kriminologiya (yuridik fanlar)
Beristenov Samat Orazbayevich
Odam o‘g‘rilashning jinoyat-huquqiy xususiyatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Akbaraliyeva Muhayyo Karamatullo qizi
INNOVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergasheva Ozoda Erkin qizi
TIBBIYOT YUZASIDAN KASB VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNING KRIMINALISTIK TAVSIFI
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergasheva Ozoda Erkin qizi
AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONING IJROSINI TASHKIL ETISH
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergashev Xudoberdi
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING HUQUQIY MEHANIZMLARINI O’ZIGA XOS JIHATLARI
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Mannonov Asliddin Akbar o‘g‘li
Axloqqa qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 - Kriminologiya (yuridik fanlar)
Tosheva Maftuna Anvar qizi
About the author
Other Books By - Ermashev Jengis Maratovich
Orqaga
Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish