Banklar faoliyatini nazorat qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Muallif mazkur maqolada Markaziy bank tomonidan banklar faoliyatini nazorat qilish tartibi, shakllari va usullarini tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida banklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Markaziy bankning asosiy vazifasi moliya bozori, narx-navo va hisob-kitoblarning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, Markaziy bank moliya tizimi barqarorlikni ta’minlash uchun zarur yuridik instrument va moliyaviy ta’sir etish vositalariga qonunda belgilangan tartibda ega bo‘ladi. Moliya tizimida banklar, ularning likvidligi, risklardan himoyalanganligi, omonatchilarning huquq va manfaatlari kafolatlanganligi birinchi darajali masala bo‘lib, mazkur qoidalarga amal qilmagan banklarga belgilangan tartibda choralar qo‘llanadi. Markaziy bank banklarni ikki usulda nazorat qiladi: birinchi usul – tartibga solish usuli bo‘lib, unda faoliyatga doir biror harakatni amalga oshirish tartibini alohida nizom va qoidalar bilan belgilab beradi; ikkinchi usul – prudensial nazorat bo‘lib, unda Markaziy bank banklar faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga me’yoriy qoidalar belgilaydi. Ammo mazkur jarayonlar belgilangan tartibda qonunchilikda adolatli mustahkamlangan bo‘lishi lozim. Mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiyhuquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik va boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda banklarni nazorat qilish uchun qo‘yilgan talablarni tizimlashtirish va banklarga qo‘llanadigan choralarga doir takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar ilmiy faoliyat, qonun ijodkorligi, qonunni qoʻllash amaliyoti, bank qonunchiligi normalarini sharhlash va milliy qonunchilikni takomillashtirishda qoʻllanadi.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mustanov Ilxom Abdivalijonovich
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy-huquqiy tartibga solish muammolari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Li Adik
DXX chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Xolbo‘tayev Abdug‘ani Abduraximovich
INTERNETDAN FOYDALANISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Qudratillayev Jahongir Zokirjon o'g'li
OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TAʼMINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Kuatbekov Gulnar Kuatbekovna
Xalqaro standartlar asosida bojxona nazoratini soddalashtirishni huquqiy taʼminlash
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ibragimov Otabek Ismoilovich
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Jahonov Shohruh Shuhrat oʻgʻli
Ilmiy ijod erkinligining konsitutsiyaviy-huquqiy asoslari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Aslonova Laylo Olimovna
About the author
Other Books By - Mustanov Ilxom Abdivalijonovich
Orqaga
Konstitutsiyaviy shikoyat institutining xalqaro va milliy tajriba asosida tahlili
Bank tizimini tashkil etish boʻyicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi: qiyosiy-huquqiy tahlil