Axloqqa qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dunyoda bugungi kunda axloqqa qarshi jinoyatlar sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, oilaviy munosabatlarning an’anaviy rolini yo‘qotishi, pornografiyaga, xususan, bolalar pornografiyasiga bo‘lgan qiziqishning keskin o‘sishi, fohishalikning keng tarqalishi, madaniy merosga bepisand munosabat va uni oddiy, ammo qimmatli tovar sifatida ko‘rish kabi omillar bu jinoyatlarning ko‘payishiga zamin yaratmoqda. Har yili dunyo bo‘yicha 7–36 % ayollar va 3–29 % erkaklar bolalik davrida jinsiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda. Milliy bedorlik ketgan va jinsiy ekspluatatsiya qilingan bolalar markazi (NCMEC) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 21,7 milliondan ortiq bola pornografiyaga bilan bog‘liq axborotlardan zarar ko‘rmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, axloqqa qarshi jinoyatlarga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy choralarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Other Books By - Tosheva Maftuna Anvar qizi
Orqaga
INNOVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY
Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish