Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
Ushbu monografiyada jinoyat sub’ektining fakultativ belgilariga oid nazariy va amaliy masalalar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot ishining birinchi bobida avvalo, jinoyat sub’ekti tushunchasi, uning jinoyat-huquqiy ahamiyati hamda ayb uchun javobgarlik prinsipi bilan bogʻliq masalalar yoritilgan. Shuningdek, jinoyat sub’ektini oʻrganishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Monografiyaning ikkinchi bobida fakultativ belgilarning nazariy asoslari, ularning mohiyati va jinoyatning maxsus sub’ekti bilan oʻxshash va farqli jihatlari atroflicha tadqiq qilingan. Fakultativ belgilarning turlari, ularning jinoyat huquqi tizimidagi oʻrni va ta’siri ilmiy asosda tasniflangan. Uchinchi bobda fakultativ belgilarning aniq turlari, jumladan, yosh, jins, sogʻliq holati, kasb va lavozim, fuqarolik, ilgari sodir etilgan jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar tahlil qilingan hamda ularning jinoyatni kvalifikasiya qilish va jazo tayinlashdagi roli ochib berilgan. Toʻrtinchi bobda jinoyat sub’ektiga oid fakultativ belgilarni takomillashtirish masalalari, yuridik shaxslarni jinoyat sub’ekti sifatida tan olish borasidagi nazariy yondashuvlar va sun’iy intellektni jinoiy javobgarlik sub’ekti sifatida baholash istiqbollari haqida fikrlar ilgari surilgan. Monografiyada keltirilgan tahlil va takliflar jinoyat huquqi nazariyasini boyitish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Other Books By - Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Orqaga
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
Bezorilikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari