Toshkent shahar Yashnobod tumanida narkojinoyatchilikka qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olish boʻyicha kriminologik metodika
Mazkur uslubiy qoʻllanmada Toshkent shahri Yashnobod tumani hududi misolida narkojinoyatchilikni oldini olish masalalari aks etgan. Shu bilan birga, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, narkojinoyatlarning sabab va omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali narkojinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan. Kriminogen vaziyat, ayniqsa, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan jinoyatlar yuqori boʻlgan mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida, narkojinoyatlarga chek qoʻyish va narkojinoyatlarning oldini olish boʻyicha tizimli tashkiliy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
About the author
Other Books By - Abzalova Xurshida Mirziyatovna
Orqaga
Obyektiv belgilariga koʻra ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish