Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va uni barvaqt oldini olish bo‘yicha hudud metodikasi
Mazkur uslubiy qo‘llanmada Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olishning mutlaqo yangi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, soliq bazasini kengaytirish, foydalanilmayotgan iqtisodiy zaxiralarni safarbar qilish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida yashirin iqtisodiyot holatlarini keltirib chiqarayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy omillarni tizimli tahlil qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar aks ettirilgan. Shu bilan birga, tumanda savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish, umumiy ovqatlanish, xususiy tibbiyot, noqonuniy valyuta muomalasi, norasmiy bandlik, tushumlarni yashirish, soliq bazasini sun’iy kamaytirish, hisobdan tashqari pul aylanmasi, ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish kabi yashirin iqtisodiyot ko‘rinishlarining asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar orqali manzilli bartaraf etish masalalari dolzarb vazifa sifatida yoritilgan. Qo‘llanmada mahallalar, iqtisodiy tarmoqlar va yuqori xavfli sektorlar kesimida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari asosida yashirin iqtisodiyotning eng ko‘p uchraydigan shakllari, uning sodir etilishiga imkon berayotgan mavjud tizimdagi bo‘shliqlar va kamchiliklar, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar tahlil qilingan. Mazkur tahlillar asosida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, insoflilik tamoyillariga asoslangan tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, iqtisodiy faoliyatni legallashtirish hamda hududda barqaror soliq-intizom muhitini shakllantirish bo‘yicha tizimli tashkiliy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
About the author
Other Books By - Saidov Ibrohim Anvarovich
Orqaga
Xo‘jalik jamiyatlarida direktor majburiyatlari doirasini belgilashning qiyosiy-huquqiy tahlili