No Image Available

Amerika qoʻshma shtatlari qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotida ehtiyot chorasi sifatida uy qamogʻining oʻziga xos jihatlari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: "Krimonologiya va jinoiy odil sudlov" ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 3-son  Muallif: Abdullayev Diyor Ibodillayevich  Soha: 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 25.09.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: cheklovlarehtiyot choralarijinoyat protsessisudgacha ozodlikda saqlashtaqiqlaruy qamogʻi |  Download
 Tasnif:

Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarini amalga oshirish jarayonida jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirish hamda takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Aksariyat huquqshunos olimlar tomonidan uy qamogʻiga zamonaviy jinoiy siyosat va jinoiy odil sudlovni insonparvarlashtirish vositasi sifatida qaraladi. Milliy qonunchiligimizga koʻra, uy qamogʻi boshqa ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institut hisoblanadi. Shu boisdan, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammoli holatlarga oqilona yechim topish uchun ushbu ehtiyot chorasini hayotga tatbiq etish boʻyicha katta tajribaga ega xorijiy mamlakatlar jinoyatprotsessual qonunchiligini va mutaxassis olimlar 􀏔ikrlarini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur oʻrganish, ijobiy tajribadan foydalanish maqsadga muvo􀏔iqdir. Mazkur maqolada muallif tomonidan Amerika Qoʻshma Shtatlari jinoyat-protsessual qonunchilik normalari va jinoyat ishlarini yuritish boʻyicha sud amaliyoti asosida uy qamogʻi ehtiyot chorasining huquqiy tartibga solinishi, xususan, ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash asoslari va shartlari, shaxsga nisbatan oʻrnatiladigan cheklovlar turlari huquqiy tahlil qilish orqali tadqiq etilgan. Shuningdek, uy qamogʻini qoʻllash tartibi bilan bogʻliq masalalarning ilmiyhuquqiy jihatlari mohiyati xorijlik mutaxassislar va huquqshunos olimlar qarashlari orqali ochib berilgan. Maqolaning xulosa qismida AQSh qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotida ehtiyot chorasi sifatida uy qamogʻining oʻziga xos jihatlari yoritilgan.

Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi

About the author

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

ORCID: 0000-0001-9557-6309

Read More

 Orqaga