Soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish
Ushbu maqolada soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtirokining ilmiy va konseptual asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar bu savollar yuridik jihatdan chuqur tadqiq qilinmagan. Unda soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtirokining samaradorligini oshirishning zamonaviy yoʻnalishi va yangi gʻoyasi taklif etilgan. Soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtiroki masalalari yuzasidan milliy soliq huquqi doirasida chuqur ilmiy izlanishlar bugungi kunda mavjud boʻlmagani hamda ushbu ilmiy maqolada aks ettirilgan fikrlar ilmiy qarashlar sifatida oʻrin olganini hisobga olib, ushbu tadqiqot ishida asosan qiyosiyhuquqiy tahlil metodidan foydalanildi. Shu bilan birga, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllandi. Soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtiroki boʻyicha turli xorijiy va mahalliy iqtisodchilar, huquqshunos olimlarning fikrlari asosida muallifning tahliliy mulohazalari asosida oʻrganilgan hamda xorijiy davlatlar tajribasi misolida tahlil qilingan. Natijada soliq intizomini taʼminlashda davlat soliq xizmati organlari ishtiroki borasidagi ayrim muammolar, xususan, mavjud normalarning ishlamasligi va uning sabablari aniqlandi. Muallif tomonidan davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishiga oid qonunchilik normalaridagi boʻshliqlar va qonunosti hujjatlarining tez oʻzgaruvchanlik sabablari, ularning soliq toʻlovchilar uchun taʼsiri tahlil qilindi. Shu bilan birga, soliq nazoratiga oid qonunchilikni qoʻllashda kamchiliklar borligi, ularni tuzatish uchun ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish lozimligi aniqlandi. Maqolada ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
About the author
Other Books By - Ergashev Ikrom Abdurasulovich
Orqaga